30-31-oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi IIV Boşqaruv akademiyasi tomonidan “Jinoyatçilik. Jamiyat. Xavfsizlik” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy forum ötkazildi.
Unda qator xalqaro taşkilotlar, MDH davlatlarining ixtisoslaşgan ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, şu jumladan, mamlakatimizdan IIV akademiyasi vakillari, ekspert va muxatassislar qatnaşdi.
Dastlab forum doirasida vakolatli organlar va maxsus xizmatlarning transmilliy jinoyatçilikka qarşi kuraşişdagi hamkorligiga bağişlangan konferensiya taşkil qilindi. Tadbir oçilişida Boşqaruv akademiyasi boşliği S. Sinenko söz olib, ilmiy-amaliy konferensiyaning dolzarb ahamiyatiga töxtaldi.
Konferensiya işida MDHga a’zo davlatlar hududida uyuşgan jinoyatçilik va boşqa xavfli jinoyatlarga qarşi kuraşişni muvofiqlaştiriş byurosi direktorining birinçi örinbosari A. Aliyev, Qirğiziston Respublikasi IIV akademiyasi boşliği A. Nogoybayev, Tojikiston Respublikasi IIV akademiyasi boşliği örinbosari R. Rahmadjonzoda, Rossiya Federatsiyasi IIV Boşqaruv akademiyasi Ilmiy-tadqiqot markazi vakili A. Kononov va boşqalar sözga çiqdi. Hozirgi global şaroitda jinoyatçilikka qarşi samarali kuraşiş, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlaş, huquqni muhofaza qiluvçi organlar örtasida hamkorlikni kuçaytiriş, zamonaviy tendensiyalarni amaliyotga joriy qiliş yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Şuningdek, forum davomida “MDH davlatlari huquqni muhofaza qiluvçi organlarining jinoyatçilikka qarşi kuraşiş faoliyatini takomillaştiriş” mavzuida konferensiya ham ötkazildi. Anjumanda Rossiya, Belarus, Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston davlatlarining turdoş oliy ta’lim muassasalari hamda manfaatdor davlat organlari vakillari öz ma’ruzalari bilan çiqiş qildi. Şundan söng konferensiya işi “Jamoat xavfsizligini ta’minlaşning dolzarb masalalari”, “Yangi geosiyosiy makonda ekstremizmga qarşi kuraşiş: nazariya va amaliyot”, “Sudga qadar iş yuritişni takomillaştiriş” mavzuiga qaratilgan seksiyalarda davom ettirildi.
Bir söz bilan aytgan, xalqaro forum munosabati bilan taşkil qilingan tadbirlar global muammolarning ilmiy-amaliy yeçimlarini işlab çiqiş, huquqni qöllaş amaliyoti uçun ilğor yondaşuvlarni taklif etiş, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş faoliyatini köp qirrali hamkorlik orqali yanada kuçaytirişda muhim ahamiyat kasb etdi.
Forum iştirokçilari Boşqaruv akademiyasi faoliyati bilan ham tanişdilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati