Ichki ishlar organlari faoliyatida ochiqlikni ta’minlash tizim obro‘yini oshiradi. Buning uchun samarali mexanizmlarni amaliyotga tatbiq etish zarur.
IIV akademiyasida magistratura tinglovchilari uchun tashkil qilingan davra suhbati tizim rahbarlarining xalq bilan muloqot qilish va murojaatlar bilan ishlash faoliyatini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlandi.
Tadbirda IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Hamza Maxsumov so‘z olib, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ustuvor yo‘nalishlariga to‘xtaldi.
Keyingi yillarda tizimda ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berayotgani, ichki ishlar organlarining aholi bilan ishlash samaradorligi tubdan oshirilgani, sohadagi yangilanishlar jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlash, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
Davra suhbatida bugungi islohotlar davrida rahbar kadrlar oldida turgan ustuvor vazifalar, murojaatlar bilan ishlashda yuzaga kelayotgan ayrim muammolar, ularning yechimlari, tizim obro‘yini yuksaltirishning asosiy omillari xususida atroflicha fikr almashildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati