IIV akademiyasida turdosh oliy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, voleybol sportini yanada ommalashtirish tadbirning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Musobaqada Qurolli Kuchlar akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi, Bojxona instituti, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti hamda mezbon jamoa vakillari ishtirok etmoqda.
14-aprelga qadar bo‘lib o‘tadigan musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar kubok, medal, diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Bellashuvlar qizg‘in davom etmoqda.
IIV akademiyasi Axborot xizmati