IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan hududlarda o‘rganishlar olib borildi.
Ishchi guruh Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida bo‘lib, mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash hamda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Mahallalarni o‘rganish chog‘ida davlatimiz rahbarining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan vazifalar, shu asosda ishlab chiqilgan hududiy “yo‘l xarita”lari ijrosiga e’tibor qaratildi. Mavjud kamchiliklar mas’ullar bilan birgalikda muhokama qilinib, kriminogen vaziyatni baholash va og‘ir toifadagi mahallalar bilan samarali ishlash yuzasidan tushunchalar berildi.
Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 216 ta mahallada faoliyat qilayotgan “mahalla yettiligi” vakillarining ijtimoiy profilaktika yo‘nalishida ishlash bo‘yicha tajribalari oshirildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati