Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Vatanparvarlik tarixni anglashdan boshlanadi

26 Mart 2026, 20:58

61

Yoshlar kuni munosabati bilan IIV akademiyasi kursantlari ichki ishlar organlari tarixi muzeyida bo‘lishdi.

Sayohat foydali va tassurotlarga boy bo‘ldi. Muzeydan o‘rin olgan eksponatlar, arxiv materiallari bilan tanishish jarayonida kursantlar tizimning shonli tarixi va rivojlanish bosqichlari haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Ayniqsa yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida mardlarcha halok bo‘lgan xodimlarning hayot yo‘li yoritilgan pavilon yoshlarda alohida qiziqish uyg‘otdi. Mard o‘g‘lonlarning jasorati ularni chinakam vatanparvar bo‘lishga da’vat etdi.

“Ma’naviyat marshruti”ning navbatdagi manzili poytaxtimizning Olmazor tumanidagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyi bo‘ldi. Maskanda yoshlarga xalqimizning Ikkinchi jahon urushi yillaridagi hayoti, front va front ortida ko‘rsatgan qahramonligi haqida ma’lumotlar ulashildi.

Ma’naviy tadbirlar yosh avlodni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech