Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Vatanparvarlik tarbiyasi – mustahkam kuch!

30 Aprel 2026, 21:55

67

Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari Ichki ishlar vazirligi akademiyasi mehmoni bo‘ldi.

Tadbir doirasida ular o‘quv muassasasi faoliyati va maskanda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Talabalarga ta’lim jarayonlari, yoshlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ichki ishlar organlari uchun professional kadrlar etib tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

Ayniqsa ulkan saf maydoni, “Vatanparvarlik burchagi”, “Buyuk sohibqiron Amir Temur” va “Turon qoploni Jaloliddin Manguberdi” xonalari institut yoshlarida alohida qiziqish uyg‘otdi. Ular akademiya nafaqat osoyishtalik posbonlarini kamol toptiradigan maskan, balki har bir inson qalbida vatanparvarlik fazilatlarini yuksaltiradigan dargoh ekaniga amin bo‘ldilar.

Ta’lim muassasasi faoliyatiga bag‘ishlangan videorolik mehmonlar uchun o‘zlari qiziqqan savollarga javob topish imkonini berdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech