Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan O‘quv-dala markazida kursantlar uchun psixologik treninglar o‘tkazildi. “Vatanparvarlik oyligi” doirasida tashkil qilingan mashg‘ulotlar yoshlarning kasbiy fazilatlarini yuksaltirishga yo‘naltirildi.
IIV Akademiyasining Psixologik ta’minlash markazi xodimlari tomonidan ichki ishlar organi xodimlari faoliyatida psixologik bilimlarning o‘rni, ruhiy barqarorlikka erishish yo‘llari, turli nostandart vaziyatlarda o‘zini boshqarish omillari xususida atroflicha tushunchalar berildi.
Shuningdek turli mavzularda psixologik treninglar o‘tkazilib, kursant o‘g‘il-qizlarning ruhiy tayyorgarligi, o‘quv va xizmat mashaqqatlariga chidamliligi, kasbiy fazilatlarini qay darajada namoyon eta olishi, psixoemotsional vaziyatlarga bardoshliligi tahlil qilindi. Markaz mutaxassislari yoshlar bilan muloqot qilib, vatanparvarlik, kasb sadoqat, fidoyilik, maqsadga intiluvchanlik singari tuyg‘ularni yanada mustahkamlashga qaratilgan tavsiyalar berdilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati