Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Vatanparvarlik bolalikdan shakllanadi

9 Aprel 2026, 21:42

34

Yoshlar kunida poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 22-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari IIV akademiyasi mehmoni bo‘ldi.

O‘quv dargohida ular uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil qilindi. Tadbir davomida yoshlar saf maydoni, o‘quv xonalari, sport majmuasi, kursantlar oshxonasi, yotoqxona va boshqa maskanlarga sayohat qilishdi.

Ayniqsa, akademiya tarixini o‘zida mujassam etgan muzey, Axborot-resurs markazining zamonaviy imkoniyatlari, kasbiy bilim va jangovar-jismoniy ko‘nikmalarni o‘rgatishga ixtisoslashgan majmualar, ta’lim jarayonidagi ilg‘or yondashuvlar yosh avlod vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Harbiy tayyorgarlik kafedrasida tashkil qilingan qurollar ko‘rgazmasi, Jangovar va jismoniy tayyorgarlik kafedrasida uyushtirilgan shaxmat-shashka musobaqalari, Ma’naviyat va ma’rifat markazida badiiy havaskorlik jamoalari tomonidan namoyish qilingan konsert dasturi mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech