Prezidentimizning besh muhim tashabbusi doirasida IIV O‘quv-dala markazida bo‘lib o‘tgan uchrashuv “Vatanga xizmat – oliy saodat!” deb nomlandi.
“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostidagi tadbir yoshlar bilan samimiy muloqotdan boshlandi. Unda mustaqillik tufayli mamlakatimiz hayotida kechayotgan mislsiz o‘zgarishlar, xususan, yosh avlodning barkamol unib-o‘sishi, zamonaviy bilimlarni egallab, jamiyat munosib o‘rin egallashi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z bordi.
“Uchinchi Renessans” sari odimlayotgan yurtimizda yoshlar har jabhada faol. Аyniqsa jismoniy tarbiya va sport sohasida. Davlatimizning yuksak eʼtibori yoshlarimizga ulkan shijoat bag‘ishlab, ularni ona Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilishga, uning dovrug‘ini olamga yoyishga undamoqda.
Tadbirda so‘z olgan sportchi kursantlar o‘z tengqurlarini zamonaviy imkoniyatlardan munosib foydalanib bilim olishga, yangi marralarni zabt etishga chorladilar. Umidli yoshlarimizning jahon arenalarida qo‘lga kiritayotgan muvaffaqiyatlari ulkan orzu-niyatlar bilan katta hayotga qadam qo‘ygan navqiron o‘g‘il-qizlarga iftixor tuyg‘ularini bag‘ishladi.
Аkademiya badiiy havaskorlik jamoalarining kontsert dasturi barchaga jo‘shqin kayfiyat ulashdi.
IIV Аkademiyasining Аxborot xizmati