Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

UYUSHMАGАN YOSHLАRNING MUАMMOLАRI O‘RGАNILDI

17 Sentyabr 2021, 03:09

974


Yurtimizda yoshlar bilan ishlashning samarali mexanizmlari yaratilgan. Xususan, yosh avlod taʼlim-tarbiyasi, iqtidorli o‘g‘il-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning muammo va takliflarini o‘rganish orqali jamiyatda munosib o‘rin topishiga ko‘maklashish borasida tizimli ishlar qilinmoqda.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi o‘rta umumtaʼlim maktablarida huquqiy targ‘ibotlar o‘tkazildi. Mahalla faollari, sektorlar vakillari bilan hamkorlikda tashkil etilgan uchrashuvlarda 400 nafardan ziyod uyushmagan yoshlar ishtirok etdi.

Targ‘ibot tadbirlari davomida yoshlar masalalari, xususan, ularning jinoyat ko‘chasiga kirib qolishiga imkon berayotgan shart-sharoitlar muhokama qilindi. “Voyaga yetmaganlar va yoshlar jinoyatchiligining oldini olishning dolzarb muammolari”, “Yoshlarga oid davlat siyosati – amalda”, “Uyushmagan yoshlar: muammo va yechimlar”, “Yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish – davr talabi” kabi mavzularda ochiq muloqotlar o‘tkazilib, yoshlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Bir guruh yoshlarga IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan huquqiy adabiyotlar sovg‘a qilindi.

Aytish kerakki, hududlarda tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlar yoshlar muammolarini tizimli hal etish, ularning huquqiy savodxonligini oshirishga imkon bermoqda.

 

IIV Аkademiyasining Аxborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech