Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Ustuvor vazifalar ijrosi muhokama qilindi

29 Noyabr 2025, 21:01

1278

IIV akademiyasi boşliği Rustam Xatamov kriminogen vaziyati murakkab mahallalarga biriktirilgan mas’ullar bilan videokonferensaloqa şaklida yiğiliş ötkazdi.

Unda davlatimiz rahbarining mahallalarda xavfsiz muhit yaratiş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş töğrisidagi PQ-1-son hamda bu boradagi tizim natijadorligini oşirişga qaratilgan PQ-253-son qarori doirasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar muhokama qilindi.

Yiğiliş avvalida akademiya boşliği mahallalar bilan işlaşning samarali mexanizmlari yaratilgani hududlarni manzilli örganiş, kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir körsatayotgan omillarni bartaraf etişga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Şu kuni mahallalarda xavfsiz muhit yaratişga qaratilgan işlar birma-bir muhokama qilindi. Qaror ijrosi yuzasidan Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Toşkent viloyatlari hamda poytaxtimizning “qizil”, “sariq” toifadagi mahallalariga biriktirilgan işçi guruhlar rahbarlarining axboroti tinglandi.

Akademiya boşliği xavfsiz köça va uylarni taşkil etiş, jinoyat sodir etilişi ehtimoli yuqori bölgan hududlarni zamonaviy kameralar, taşviş va signalizatsiya qurilmalari bilan ta’minlaş masalalariga e’tibor qaratdi. Mazkur yönalişdagi işlar mahalla osoyiştaligining muhim omili ekanligini ta’kidlab, xavfsizlik çoralarini kuçaytiriş, texnik va jismoniy qöriqlovga olişni jadallaştiriş, har bir “jinoyat öçoği” böyiça aniq çora-tadbirlarni belgilaş yuzasidan topşiriq berdi.

Yiğilişda hududlarga joriy qilingan ilğor tajribalar bilan birga, yöl qöyilayotgan kamçiliklar ham aytib ötildi. Ayrim mahallalarda kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir körsatayotgan omillar mavjudligi, ijtimoiy profilaktika ob’ektlari bilan yetarli işlar olib borilmayotgani, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş böyiça korxona va taşkilotlarga yuborilayotgan taqdimnomalar nazoratsiz qolayotgani ta’kidlandi. Şundan kelib çiqib, manfaatdor idoralar va “mahalla yettiligi” bilan birgalikda yeçimini kutayotgan masalalarni hal qiliş, “yöl xarita”lar ijrosini sifatli ta’minlaş, samarali iş uslublarini amaliyotga joriy qiliş böyiça yangi takliflarni işlab çiqiş borasida tegişli vazifalar belgilab olindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech