Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ustozlardan kerakli o‘gitlar

22 Avgust 2025, 09:08

83

IIV O‘quv-dala markazida boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik bosqichini o‘tayotgan akademiya kursantlari uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil qilindi.

Saf maydonida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda iste’fodagi polkovnik Sulaymon Valiyev yoshlar bilan muloqot qildi. Tajribali ustoz el-yurt osoyishtaligini asrash, ona Vatanimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilishni maqsad qilgan yoshlarga yuzlanar ekan, kasb mashaqqati va muvaffaqiyatlarini hayotiy o‘gitlar orqali tushuntirib berdi.

Shu kuni kursant qizlar uchun ham tadbir uyushtirildi. Unda mahoratli psixolog va shifokorlar sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, ruhiy barqarorlikka erishish, stressni yengish, chidam va matonatni chiniqtirish haqida foydali tavsiyalarini ulashdilar.

Olis poligon sharoitida tashkil qilingan kitob yarmarkasi kursantlar uchun shaxsiy kitob javonini kerakli adabiyotlar bilan to‘ldirish imkoninini yaratgan bo‘lsa, badiiy havaskorlik jamoalarining kuy-qo‘shiqlari madaniy hordiq olishga xizmat qildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech