Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ustoz-murabbiylarga ehtirom

04 Noyabr 2021, 05:11

1048

Taʼlim muassasasi boshlig‘i, polkovnik Rustam Xatamov tizim faxriylari va professor-o‘qituvchilarni umumxalq bayrami munosabati bilan qizg‘in muborakbod etdi.

– Inson ozini anglagan davrlardan buyon ustozlariga suyanadi, ulardan maʼnaviy qudrat oladi. Mamlakat taraqqiyoti ham ustoz-murabbiylarimizning yetuk salohiyati, jamiyatda tutgan mavqeyi, o‘z kasbiga bo‘lgan mehru muhabbatiga bog‘liq. Maʼrifatparvar bobomiz Аbdulla Аvloniy aytganidek, “har bir muallimning saodati, davlatlarning tinchi va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘liqdir”. Ishonamanki, davlatimiz rahbari belgilab bergan vazifalarni hayotga tatbiq etishda ustoz-murabbiylarimizning boy tajribasi hamda yetuk salohiyatiga tayangan holda bor kuch-g‘ayratimiz, bilim va tafakkurimiz bilan sidqidildan xizmat qilamiz, – dedi Аkademiya boshlig‘i.

Bayram tadbirida taʼlim-tarbiya sohasida ko‘p yillar samarali mehnat qilib, yoshlarni ona Vatanga muhabbat, xizmat burchiga sadoqat ruhida kamol toptirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh o‘qituvchi-murabbiylar Ichki ishlar vazirligining ko‘krak nishonlari, faxriy yorliq hamda esdalik qo‘l soatlari bilan taqdirlandi.

Shuningdek sana munosabati bilan Аkademiya boshlig‘ining buyrug‘iga binoan professor-o‘qituvchilar tarkibining barcha aʼzolari pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.

 Tadbir Аkademiyaning badiiy havaskorlik guruhi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi bilan davom etib, bayramona chiqishlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

 

IIV Аkademiyasining Аxborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech