Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Universitetda targ‘ibot o‘tkazildi

4 Fevral 2026, 19:35

36

Toshkent davlat agrar universitetida yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatlarning barvaqt oldini olishga bag‘ishlangan profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Uchrashuvda IIV akademiyasi magistraturasi tinglovchisi, podpolkovnik D. Ixvoldinov so‘z olib, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar, ularning zamonaviy ko‘rinishlari, ushbu turdagi jinoyatlarni fosh etish maqsadida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, qonunchilikda belgilangan javobgarlik masalalari haqida ma’ruza qildi.

Shuningdek yoshlar tomonidan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilayotgan huquqbuzarliklar tahlil qilinib, ularning barvaqt oldini olish, kiberhujumlardan samarali himoyalanish, internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida o‘tgan tadbir yoshlarning kibermadaniyatini yuksaltirish, ularni internet makonidagi xavf-xatar va tahdidlardan ogoh etishga xizmat qildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech