Avval xabar berganimizdek, 25-29-oktabr kunlari IIV Akademiyasi sport majmuasida ta’lim muassasasi boshlig‘i kubogi uchun minifutbol turniri tashkil etilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tashkil etilganining o‘ttiz yilligi hamda Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan turnirda oltita jamoa sovrinli o‘rinlar uchun kuch sinashdi.
Musobaqa yakunida 1-o‘rin Qurolli Kuchlar akademiyasiga, 2-o‘rin Ichki ishlar vazirligi akademiyasiga hamda 3-o‘rin Bojxona institutiga nasib qildi. Terma jamoamiz a’zosi Tohirjon Jo‘rabekov “Eng yaxshi hujumchi”, Bojxona instituti vakili Mehroj Sirojev “Eng yaxshi himoyachi”, Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi golkiperi Azizjon Toshpo‘latov esa “Eng yaxshi darvozabon” nominatsiyalari bo‘yicha tengsiz deb topildi.
G‘olib va sovrindolarga kubok, diplom va qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati