Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Turkiyalik tajribali mutaxassislar mashg‘ulot o‘tdi

14 May 2025, 07:05

47

IIV akademiyasida Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan mashg‘ulotlar tashkil qilindi.

Mashg‘ulotlarga IIV kiberxavfsizlik va tergov bo‘linmalari xodimlari, shuningdek, Malaka oshirish instituti hamda akademiya professor-o‘qituvchilari jalb qilindi.

Besh kun davom etgan mashg‘ulotlar jarayonida kiberjinoyatlarning zamonaviy ko‘rinishlari, onlayn qimor o‘yinlari va treyderlik faoliyatining xatarli jihatlari, bu turdagi jinoyatlarni fosh qilish, surishturiv va tergov harakatlarini o‘tkazish, axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi kurashishda Turkiya va O‘zbekiston tajribasining o‘ziga xos xususiyatlari yuzasidan bilim va ko‘nikmalar olindi.

Mashg‘ulotlarning so‘nggi kuni tinglovchilarga sertifikat topshirildi. Shu bilan birga, turkiyalik mutaxassislar akademiya faoliyati tanishtirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech