IIV akademiyasida professor-öqituvçilar va öqituvçi-metodistlardan iborat trenerlar guruhi uçun har oyda bir marotaba mahorat darslarini taşkil etiş yölga qöyildi.
Ta’lim sifatini yangi bosqiçga kötariş, sohaga ilğor tajribalarni keng joriy qiliş, ustoz-şogirdlik an’analari asosida kadrlarning kasbiy malakasi va pedagogik mahoratini oşirib boriş maşğulotlardan közlangan asosiy maqsaddir.
Dastlabki maşğulot Nizomiy nomidagi Özbekiston Milliy pedagogika universiteti mutaxassisi Boburjon Ahmedov tomonidan “Pedagogik mahoratning mazmun-mohiyati va öqituvçi faoliyatidagi örni” mavzuida ötkazildi. Tajribali ekspert pedagogik mahoratni oşiriş usullari, zamonaviy ta’limda qöllanilayotgan ilğor metodlar, xususan, “blended learning” (aralaş öqitiş), “flipped classroom” (teskari sinf) metodlarining afzalligi, qöllaniş mexanizmlari va imkoniyatlarini atrofliça tuşuntirib ötdi.
Maşğulot davomida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, zarur bilim va malakaga ega böldilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati