IIV akademiyasi magistrlari Xitoy davlatida bo‘lib, ilg‘or tajribalarni o‘rganib qaytdilar.
Xorij safari davomida Xitoy Jamoat xavfsizligi universitetida o‘quv kursi tashkil qilindi. Universitetning yetakchi mutaxassislari tomonidan politsiya tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarda kuch va vositalarni boshqarish, zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashish, shuningdek, rahbarlik ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar tashkil qilindi.
Bundan tashqari, tinglovchilar Jamoat xavfsizligi vazirligi, Jamoat xavfsizligi universitetining Tuanxe filiali, Guanjou migrantlarni reabilitatsiya qilish markazi va boshqa muassasalarda bo‘lib, amaliyotga joriy qilingan eng ilg‘or tajribalar, soha uchun kadrlar tayyorlash jarayonlari, zamonaviy Xitoy yutuqlarining o‘ziga xos jihatlari bilan yaqindan tanishdilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati