Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Tinglovchilar Vengriyaga bordi

13 May 2026, 16:59

121

IIV akademiyasida ta’lim olayotgan magistratura tinglovchilari xalqaro tajribalarni o‘rganish maqsadida Vengriya davlatida bo‘ldi.

Xorij safari davomida mamlakat politsiya tizimining eng ilg‘or jihatlari o‘rganildi. Tinglovchilar Vengriya milliy politsiya boshqarmasi, Budapeshtdagi Tezkor boshqaruv markazi, Dunay daryo politsiyasi, Vengriya milliy tergov byurosi, Rojke chegara nazorati punkti va boshqa tuzilmalarda bo‘lib, amaliyotga joriy qilingan zamonaviy yondashuvlar bilan tanishdilar.

Mahalliy mutaxassislar tomonidan jamoat tartibini saqlash, terrorizm, uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik, giyohvand moddalarining noqonuniy aylanmasi va boshqa turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, chegara punktlarida xavfsizlikni ta’minlash, politsiya kuch va vositalarini boshqarishda qo‘llanilayotgan “aqlli” texnologiyalar taqdimot qilindi.

Bundan tashqari, Politsiya kadrlarini tayyorlash va o‘qitish markazi hamda Vengriya politsiya akademiyasi faoliyati bilan tanishilib, soha uchun kadrlar tayyorlash jarayonlari, milliy ta’lim tizimining o‘ziga xos jihatlari o‘rganildi. Bir so‘z bilan aytganda, xorij safari tinglovchilar uchun xalqaro tajribalarni o‘zlashtirish va zamonaviy boshqaruvga oid ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech