Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Tezkor xodimlar uchun o‘quv yig‘ini

20 Avgust 2026, 21:08

55

IIV akademiyasida jazoni ijro etish muassasalari tezkor-qidiruv bo‘linmalari xodimlari uchun navbatdagi o‘quv yig‘ini tashkil etildi.

Professor-o‘qituvchilar tomonidan “Jazoni ijro etish muassasalarida tezkor-qidiruv bo‘limining sohaviy xizmatlar bilan hamkorligi”, “Tezkor-qidiruv tadbirlarining turlari, o‘tkazish asoslari va shartlari”, “Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan va yashash manzilida istiqomat qilayotgan shaxslar bilan o‘tkaziladigan yakka tartibdagi targ‘ibot tadbirlarining o‘ziga xos metodlari” va boshqa dolzarb mavzularda mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Bundan tashqari, boy amaliy tajribaga ega xodimlar ishtirokida joylardagi muammolar va ularning yechimlarini tahlil qilish, faoliyat samaradorligini oshirish omillari yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq etish rejalashtirilgan.

Mashg‘ulotlar 22-avgustga qadar davom etib, yakunda xodimlardan test sinovlari qabul qilinadi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech