Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Tarğibot tadbirlari davom etmoqda

27 Noyabr 2025, 19:34

1090

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda IIV akademiyasi taşabbusi bilan poytaxtimizdagi Toşkent davlat yuridik universitetida huquqiy tarğibot tadbiri taşkil qilindi.

Ta’lim muassasasi rahbariyati, talabalar va professor-öqituvçilar iştirokida ötgan tadbirda IIV akademiyasi magistraturasi tinglovçisi, podpolkovnik Uluğbek Avilov sözga çiqib, jamiyat hayotiga xavf solayotgan ma’naviy tahdidlarga töxtaldi. 

Tadbirda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning inson salomatligiga ta’siri, ular bilan noqonuniy muomala qilişning huquqiy oqibatlari, mafkuraviy ğoya va xurujlar ortiga yaşiringan ğarazli maqsadlar, giyohvandlik va diniy aqidaparastlik ta’siriga tuşib qolgan yoşlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, ularning asl omillari, ma’naviy tahdidlarga qarşi kuraşiş çoralari haqida atrofliça tuşunça berildi.

Yoşlar örtasida jinoyatçilikning barvaqt oldini oliş maqsadida ötkazilgan tadbir ularning huquqiy ongi va mas’uliyatini oşirişga xizmat qildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech