Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Taniqli psixolog tavsiyalar berdi

17 Sentyabr 2022, 06:09

856

Ichki ishlar organi xodimlarining xizmat faoliyatida psixologik tayyorgarlik muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, mazkur fanga oid zarur bilim va ko‘nikmalarni egallash kursantlar uchun foydadan xoli bo‘lmaydi.

Akademiya Ma’naviyat va ma’rifat markazida o‘tkazilgan uchrashuvga taniqli psixolog olima Shoira Isoqova taklif etildi. Tajribali mutaxassis insonning shaxs sifatida shakllanishida psixologiya fanining o‘rni, shaxsiy va kasbiy sifatlarni tarbiyalash omillari, atrofdagilar bilan muloqotga kirishish va insonlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishda qo‘llanadigan psixologik metodlar haqida tushunchalar berdi.

 Ochiq muloqotda ichki ishlar organlari uchun psixolog mutaxassislar tayyorlashning muhim jihatlari, zamonaviy ta’limda qo‘llanilayotgan innovatsion metodlar, psixologiya fanini ilmiy-nazariy jihatdan takomillashtirish yo‘llari haqida fikr almashildi.

Kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan mavzular bo‘yicha tavsiyalar olishdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech