Toşkent davlat jahon tillari universitetida yoşlar örtasida kiberjinoyatlarning barvaqt oldini olişga bağişlangan profilaktik tadbir ötkazildi.
Unda universitet rahbariyati, professor-öqituvçilar va talabalar, hududiy profilaktika inspektorlari hamda yoşlar masalalariga daxldor mas’ullar iştirok etdi.
Uçraşuvda IIV akademiyasi magistraturasi tinglovçisi, podpolkovnik Maqsadbek Egamberdiyev axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar, ularning zamonaviy körinişlari, uşbu turdagi jinoyatlarni foş etiş maqsadida körilayotgan çora-tadbirlar, qonunçilikda belgilangan javobgarlik masalalari haqida ma’ruza qildi.
Yoşlar tomonidan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilayotgan huquqbuzarliklarni aniq misollar yordamida tahlil qilgan holda ularning barvaqt oldini olişda amalga oşirilişi lozim bölgan mexanizmlarni tuşuntirdi.
Şu kuni huquqbuzarlik sodir etişga moyil talabalar bilan profilaktik suhbat ham ötkazilib, ularga huquqiy tavsiya va maslahatlar berildi. Uşbu toifadagi yoşlarni soğlom hayotga qaytariş böyiça tegişli çora-tadbirlar belgilab olindi.
Muloqot tarzida ötgan tadbir yoşlar qatlami vakillarining huquqiy ongi va kibermadaniyatini yuksaltiriş, ularni internet makonidagi xavf-xatar va mafkuraviy tahdidlardan ogoh etişga xizmat qildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati