Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Tafakkurdan mavjlangan yurak...

18 Noyabr 2025, 12:11

69

IIV akademiyasida O‘zbekiston xalq artisti, atoqli rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab “Tafakkurdan mavjlangan yurak” mavzuida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Teatr va kino arboblari, yosh ijodkorlar, ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari va kursantlari ishtirokida o‘tgan tadbirda buyuk iste’dod sohibining umr yo‘li, milliy san’atimiz rivojiga qo‘shgan beqiyos xizmatlari, ibratli fazilatlari e’tirof etildi.

Bahodir Yo‘ldoshev butun umrini teatrga bag‘ishlagan zabardast inson edi. U kishi bilan ishlash g‘oyat maroqli, shu bilan birga katta mas’uliyatni talab etardi. O‘z kasbini sevmagan, qadrlamagan odam Bahodir aka bilan ishlay olmasdi. “Xiyonatlar ichida eng og‘iri kasbga qilingan xiyonat deb bilaman... Spektakl qo‘yayotganimda tomoshabin olqishlarini o‘ylamaslikka harakat qilaman, muhimi, tomoshabin menga hamdard bo‘lsa...” derdi. Bahodir aka umrining oxiriga qadar xalqimizga halol va fidoyilik bilan xizmat qildi. Boy bilimi, mahorati va tajribasini yoshlarga o‘rgatib, ularning iste’dodini ro‘yobga chiqarishga ulkan hissa qo‘shdi. Bahodir Yo‘ldoshev sahnalashtirgan spektakllar milliy madaniyatimizning oltin fondi sifatida xalqimiz, sa’nat muxlislari qalbidan chuqur joy oldi”, - dedi O‘zbekiston xalq artisti Elyor Nosirov. 

Tadbir doirasida “Diydor” yoshlar teatr-studiyasi tomonidan “Maysaraning ishi” spektakli namoyish qilindi. Ko‘p yillardan buyon teatr sahnasidan tushmay kelayotgan asar tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat va ma’naviy hordiq ulashdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech