Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Sudga yuborilayotgan hujjatlar to‘g‘ri rasmiylashtirilyaptimi?

17 Dekabr 2024, 08:12

66

IIV akademiyasida sud va ichki ishlar organlari hamkorligining muhim jihatlariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda Mirzo Ulug‘bek tumani IIOFMB vakillari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi sudyalari, profilaktika inspektorlari, professor-o‘qituvchilar va kursantlar ishtirok etdi.

Davra suhbati avvalida akademiya boshlig‘i yordamchisi Ismoil Himmatov tadbirning dolzarb ahamiyatiga to‘xtalib, amaliyotda profilaktika inspektorlari, ayniqsa yosh xodimlar duch kelayotgan ayrim muammolarga e’tibor qaratdi.

Tadbirda ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, protsessual xatti-harakatlarni amalga oshirishda qonuniylikni ta’minlash, shuningdek, mahallalarda huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish, bu borada “mahalla yettiligi” tizimi bilan hamkorlik qilish hamda boshqa masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

So‘z olganlar amaliyotdagi holatlardan misollar keltirib, kursantlarga zarur tavsiyalar berdilar. Tajribali mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilayotgan tadbirlar yoshlarning kasbiy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qilayotgani aytib o‘tildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech