Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan musobaqada Akademiyaning kunduzgi ta’lim kursantlari o‘zaro bellashdilar.
Tadbir “Yangi O‘zbekiston ‒ yangi ichki ishlar organlari!” shiori ostida tashkil etildi. Ishtirokchilar kurash, arqon tortish, yugurish, stol tennisi hamda armrestling bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish qildilar.
Yakuniy natijaga ko‘ra estafetali yugurishning o‘g‘il bolalar ishtirokidagi bahslarida birinchi o‘rin 2-o‘quv kursining ikkinchi jamoasiga nasib qildi. 2-o‘quv kursining ikkinchi jamoasi sharafini himoya qilgan qizlar esa o‘z tengqurlarini ortda qoldirishdi.
Uch ming metrga yugurish bobida Sh.Suvonqulovga (3-o‘quv kursi) teng keladigan raqib topilmadi. U belgilangan masofani 10 daqiqadan oshiqroq vaqt ichida bosib o‘tib, shohsupani zabt etdi.
Musobaqaning kurash bahslari ishqibozlar uchun hayajonli onlarni hadya qildi. Turli vazn toifasida gilamga chiqqan havaskor yoshlardan I.Iskanov (3-o‘quv kursi), B.Panjiyev (2-o‘quv kursi), A.Islomov (2-o‘quv kursi), D.Boltayev (3-o‘quv kursi) va M.Sultonovlar (3-o‘quv kursi) birinchi o‘rin sohibiga aylanishdi.
Armrestling bahslarida B. Teshayev (3-o‘quv kursi), A.Tojiyev (2-o‘quv kursi), H.Tohirova (3-o‘quv kursi) g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, qizlar o‘rtasidagi stol tennisi bellashuvida M.Omonova (3-o‘quv kursi) barcha raqiblarini ortda qoldirdi.
Darvoqe, sport tadbirining arqon tortish bahslari ham murosasiz o‘tgani bilan yodda qoldi. Qizlar o‘rtasida 1-o‘rin 3-o‘quv kursi terma jamoasiga, o‘g‘il bolalar kurashida esa 2-o‘quv kursining birinchi terma jamoasi zafar nashidasini surishdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati