Teatr inson tafakkurini boyitib, ularni voqelikka teran nigoh bilan qarashga undaydigan o‘ziga xos ma’naviyat maskanidir.
IIV akademiyasi kursantlari poytaxtimizdagi O‘zbek Milliy akademik drama teatriga tashrif buyurib, “Ko‘chki” spektaklini tomosha qildilar.
Turk dramaturgi Tunjer Jo‘jan o‘g‘li qalamiga mansub asar O‘zbekiston xalq artisti Valixon Umarov rejissyorligida sahnalashtirilgan. Unda ko‘chki xavfi ostida yashayotgan qishloq aholisi taqdiri orqali qo‘rquvning odamlar ongi va turmush tarziga ta’siri badiiy talqin etiladi.
Voqealarning keskin rivoji, sahnaviy yechimlar hamda aktyorlarning mahoratli ijrosi tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.
Bir so‘z bilan aytganda, madaniy-ma’rifiy tadbir kursantlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish barobarida, ularning san’atga qiziqishini kuchaytirishga xizmat qildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati