Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

SOG‘LOM TURMUSH TARZI – FAROVON HAYOT GAROVI

06 Sentyabr 2021, 03:09

1788


Aholining barcha qatlami o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, tibbiy madaniyatni yanada yuksaltirish bugungi pandemiya sharoitida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

IIV O‘quv-dala markazida Akademiya Tibbiyot bo'limi tomonidan kursantlarning sihat-salomatligini muhofaza qilishga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi. Unda global pandemiya sharoitida tibbiy madaniyatga amal qilish tartib-taomillari xususida so‘z bordi. Shifokorlar tomonidan xonalarni muntazam ravishda shamollatish va dezinfeksiyalash, tibbiy niqobda yurish, badantarbiya mashg‘ulotlarini kanda qilmaslik, qo‘llarni sovunlab yuvish, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga xizmat qiluvchi gigiyena qoidalariga amal qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Tadbir davomida markazda kursantlarning yashashi, ovqatlanishi, maishiy xizmatlardan foydalanish sharoitlari, kunlik oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan talablarga muvofiqligi, bino va inshootlarning sanitariya holati, shuningdek yuqumli kasalliklarga qarshi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlari o‘rganilib, zarur vazifalar belgilandi.

 

IIV Аkademiyasining Аxborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech