Mamlakatimiz ichki ishlar organlari tashkil etilgan shonli sana munosabati bilan bir guruh hamkasblarimiz “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 30 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan edi.
Ichki ishlar vazirligi akademiyasida o‘tkazilgan tadbirda Dastlabki tergov va kriminalistika kafedrasi katta o‘qituvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist A.Sharafutdinov hamda magistratura tinglovchilari M.Qodirov, J.Djavkashev, A.Jalilov va L.Amonovalarga ushbu ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir chog‘ida soha xodimlarining el-yurt osoyishtaligini ta’minlash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali xizmatlari, ibratli faoliyati, ayniqsa yosh avlodni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qo‘shayotgangan munosib hissasi e’tirof etildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati