Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Sayyor sud o‘tkazildi

17 Aprel 2026, 19:28

51

IIV akademiyasida jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudining sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda Ma’muriy huquq kafedrasi professor-o‘qituvchilari va kunduzgi ta’limning 1-bosqichida o‘qiyotgan kursantlar ham qatnashdi.

Shu kuni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40, 41, 52, 183, 194-moddalarini buzgan shaxslarning xatti-harakatlariga nisbatan qonun doirasida huquqiy baho berildi. Ayni jarayonni bevosita kuzatgan kursantlar huquqbuzarlik sodir etilgandan sudga qadar bo‘lgan bosqichda amalga oshiriladigan protsessual harakatlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini boyitdilar.

Shundan so‘ng sudyalar ishtirokida ochiq muloqot tashkil qilindi. Unda odil sudlovni ta’minlashda shaxs huquq va erkinliklarini kafolatlash, sud tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar haqida fikr almashildi. Kursantlar ma’muriy huquqbuzarliklarni malakalash, protsessual hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish va boshqa o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollarga javob oldilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech