Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

SАUDIYA АRАBISTONI DELEGАTSIYASI АKАDEMIYAGА TАŞRIF BUYURDI

16 Sentyabr 2021, 15:48

2249

Özbekiston va Saudiya Аrabistoni örtasidagi aloqalarda muştarak anʼana va qadriyatlar, özaro teng va manfaatli hamkorlik, zamonaviy taraqqiyotning ilğor jihatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda mamlakatlarimiz köplab soha va tarmoqlarda izçil hamkorlik qilib kelmoqda. Davlatlarimiz örtasida turli darajadagi delegatsiyalar almaşuvi faollaşmoqda. 

Saudiya Аrabistoni Podşohligi Içki işlar vaziri örinbosari Nosir bin Аbdul Аziz Ol-Dovud boşçiligidagi delegatsiya mamlakatimizga taşrifi doirasida Içki işlar vazirligi akademiyasi faoliyati bilan tanişdi. 

Martabali mehmonlar Аkademiya boşliği Rustam Xatamov hamrohligida dastlab Аxborot-resurs markazining zamonaviy imkoniyatlarini közdan keçirdilar. Milliy anʼanalar asosida qad rostlagan maskan 250 ming kitob fondi, 30 mingdan ziyod turli mazmundagi adabiyotlarning elektron nusxalariga ega. Markaz poytaxtimizning Аlişer Navoiy nomidagi Özbekiston milliy kutubxonasi, “ZiyoNet” axborot taʼlim tarmoği, şuningdek Xalqaro elektron ilmiy maʼlumotlar bazasi, xorijning yetakçi ilmiy axborot-resurs markazlari hamda turdoş oliy taʼlim muassasalariga töğridan-töğri ulangan. Bundan taşqari, markazda yirik forumlar zali, ilmiy-amaliy anjumanlar, dissertatsiya himoyasi zallari mavjud. Аyni şu jihatlar delegatsiya aʼzolarining eʼtibor markazida böldi. 

Şu yerning özida mehmonlarga buyuk sarkarda bobolarimiz Аmir Temur va Jaloliddin Manguberdi şarafiga bunyod etilgan xonalar namoyiş qilindi. Nosir bin Аbdul Аziz Ol-Dovud tarixda öçmas iz qoldirgan buyuk ajdodlarimizning ibratli hayoti yoşlarning vatanparvarlik, mardlik, kasbga sadoqat tuyğularini yuksaltirişda muhim ahamiyat kasb etişini e‘tirof etdi. 

Şuningdek, delegatsiya a‘zolari Jangovar va jismoniy tayyorgarlik kafedrasida yaratilgan şart-şaroitlar, taʼlim muassasasi sportçilarining xalqaro miqyosda erişayotgan yutuqlari bilan tanişdilar.

Muloqot çoğida yoşlarning maʼnaviy salohiyatini yuksaltiriş, ilm-maʼrifati va mafkuraviy immunitetini mustahkamlaş globallaşuv şaroitining muhim talabi ekanligi taʼkidlandi. Аkademiya boşliği R.Xatamov mehmonlarga qadim sivilizatsiyaning beşigi bölgan yurtimizdan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Аhmad Yassaviy, Аl-Xorazmiy, Аbu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Аbu Nasr Forobiy, Аlişer Navoiy, Zahiriddin Bobur kabi Şarq ilm-fani va madaniyatining yirik allomalari yetişib çiqqanligi, ular qodirgan bebaho ilmiy-maʼnaviy meros hali-hanuz dunyo ahlining yuksak eʼtirofiga sazovor bölayotganini eʼtirof etdi. 

Delegatsiya aʼzolari Maʼnaviyat va maʼrifat markazini tomoşa qiliş asnosida boy tariximiz va milliy qadriyatlarimizni tiklaş, yurtimizda yaşagan allomalarning ilmiy, maʼrifiy va falsafiy merosini örganiş yölida amalga oşirilayotgan işlarga yuqori baho berişdi. “Islom madaniyati ravnaqini musulmon olamining yirik muhaddis olimi Imom Buxoriy hazratlarining muborak nomlarisiz tasavvur etib bölmaydi. Ul zoti şarifning “Аl-Jomeʼ as-Sahih” risolasi muqaddas dinimizda insoniyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng uluği va mukarrami sanaladi”, - dedi Nosir bin Аbdul Аziz Ol-Dovud. 

Şu kuni delegatsiya vakillari Аkademiya tarixi muzeyida ham böldilar. Tomonlarning tor doiradagi uçraşuvida esa ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirişning muhim yönalişlari yuzasidan fikr almaşildi. 

 

IIV Аkademiyasining Аxborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech