Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Samarali tizim – natijadorlik omili

4 Yanvar 2026, 00:00

1342

IIV Taşkiliy departementi boşliği akademiya magistraturasi tinglovçilari bilan muloqot qildi.

Içki işlar organlarida ijro intizomini mustahkamlaş, boşqaruv va nazorat mexanizmlarini takomillaştiriş davra suhbatining asosiy mavzusi böldi.

Departament rahbari, podpolkovnik Jasur Yusupov söz olib, ijroçilik masalasiga e’tibor qaratdi. Hududlarda ötkazilayotgan kompleks tekşiruvlar davomida aniqlangan kamçiliklarni aytib ötib, ularning kelib çiqiş omillarini tahlil qildi.

Hozirgi şaroitda yuksak mas’uliyat bilan işlaş, faoliyatni tahliliy-tanqidiy baholab boriş, istiqbolli strategik qarorlar qabul qiliş tizim samaradorligining asosiy mezoni ekanligini qayd etib, tinglovçilarga boşqaruvning zamonaviy tamoyillari yuzasidan tavsiyalar berdi.

Muloqotda magistraturadagi ta’lim jarayonlari haqida ham fikr almaşildi. Rahbar kadrlarni tayyorlaş tizimini zamon talablari darajasida takomillaştirib boriş, amaliyotdagi dolzarb muammolarning ilmiy-amaliy yeçimlarini işlab çiqiş, bitiruvçilarning kelgusi faoliyatini monitoring qilib boriş, istiqbolli kadrlar zaxirasini yaratiş borasida takliflar bildirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech