Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda korrupsiyaviy jinoyatlarning oldini olish: nazariya va amaliyot” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Unda soha mutaxassislari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti vakillari, shuningdek Odil sudlov akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda boshqa ta’lim muassasalaridan olimlar, professor-o‘qituvchilar va kursantlar qatnashdi.
Anjumanda so‘zga chiqqanlar “Korrupsiyaviy xavflarni kamaytirishning qonunchilik asoslarini takomillashtirish”, “Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda korrupsiyaning oldini olishda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektning roli”, “Sud hokimiyati tizimida korrupsiyaviy xavflarni bartaraf etishning zamonaviy mexanizmlari” va boshqa dolzarb mavzularda ma’ruza qildi.
Bildirilgan mulohazalar asosida dolzarb masalaning ilmiy-amaliy yechimlariga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati