Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Raqamlashtirish – zamon talabi

30 May 2025, 06:05

82

Ichki ishlar organlari faoliyatiga raqamli texnologiyalar keng joriy qilinmoqda. IIV akademiyasida o‘tkazilgan davra suhbati bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga bag‘ishlandi.

Tashkiliy-shtab faoliyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari, mazkur ixtisoslik yo‘nalishida ta’lim olayotgan kursantlar hamda magistratura tinglovchilari ishtirok etgan tadbirda raqamli texnologiyalarning bugungi kundagi ahamiyati va istiqbollari xususida so‘z bordi.

IIV Tashkiliy departamenti bo‘lim boshlig‘i Ibrohim Qosimov hamda Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash boshqarmasi katta mutaxassisi Qodir Murodbekov so‘z olib, faoliyatda qo‘llanilayotgan elektron tizimlar haqida ma’lumot berdi.

Xususan, “doc.iiv.uz” va “lex.iiv.uz” axborot tizimlarining maqsad va vazifalari, afzallik jihatlari, ulardan foydalanish tartibi, sohani raqamlashtirish borasida belgilab olingan ustuvor yo‘nalishlar ta’kidlab o‘tildi.

Davra suhbati davomida professor-o‘qituvchilar va magistratura tinglovchilari tomonidan qator takliflar bildirildi, kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech