Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

RAHBARLIK – KATTA MAS’ULIYAT, YETUK SALOHIYAT VA FIDOYILIKNI TALAB ETADI

10 Avgust 2022, 13:53

2797

Içki işlar vazirligi akademiyasi boşliği magistraturani tamomlayotgan tinglovçilar bilan uçraşdi.

Sir emaski, muhtaram Prezidentimiz rahbarligida amalga oşirilayotgan yangilanişlar jamiyat hayotining barça jabhalarida yaqqol namoyon bölmoqda. Ayniqsa sönggi yillarda islohotlarning izçil samaradorligini oşiriş maqsadida kadrlar tayyorlaş tizimi tubdan takomillaştirildi. Içki işlar organlari tizimida ham yangiça yondaşuvlar amaliyotga tatbiq qilinib, kadrlarning kasbiy salohiyatini yuksaltiriş, soha uçun zamonaviy talablarga töla javob beradigan boşqaruv kadrlarini tayyorlaşga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yiğilişda ta’lim muassasasi rahbari, polkovnik Rustam Xatamov söz olar ekan, yangidan taşkil etilgan magistratura faoliyatining ustuvor yönalişlari, öquv jarayoniga tatbiq qilingan ilğor yondaşuvlar, hozirgi murakkab şaroitda rahbar kadrlar oldida turgan muhim vazifalarga e’tibor qaratdi.

Ta’kidlanganidek, professional rahbar kadrlarni tayyorlaş davlatimizning strategik vazifalaridan biriga aylanib bormoqda. Bu esa xodimlarni nafaqat kasbiy, balki ma’naviy-siyosiy va psixologik jihatdan yuksaltiriş, har bir soha uçun munosib nomzodlarni tanlaş va ularni joy-joyiga qöyişni talab etadi. Eng muhimi, hozirgi murakkab davrda vatanparvarlik, fidoiylik, adolatparvarlik, şaxsiy mas’uliyat va sadoqat tuyğularini namoyon etiş tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.

– Yaqinda bölib ötgan videoselektor yiğilişida muhtaram Prezidentimiz davlat xizmatçilarini tayyorlaş va malakasini oşiriş masalasiga töxtalib, “rahbarlikka tasodifan kelib qolişning oldi olinadi”, deb alohida ta’kidladilar. Şu ma’noda, “inson – jamiyat – davlat” degan tamoyil ustuvor etib belgilangan yurtimizda içki işlar organlarini xalqçil tuzilma sifatida şakllantiriş, odamlarga xizmat qiladigan samarali boşqaruv tizimlarini yaratiş, ayniqsa rahbar kadrlarning salohiyati va mas’uliyatini oşiriş dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Akademiya magistraturasini tamomlayotgan tinglovçilar ana şu talablarga mos ravişda xizmat qilişlari lozim, – dedi R. Xatamov.

Yiğilişda rahbar kadrlarga qöyilayotgan ma’naviy mezonlar,  içki işlar organlariga joriy qilinayotgan boşqaruvning zamonaviy usullari, xususan, “mahallabay”, “xonadonbay”, “fuqarobay” singari yondaşuvlar samaradorligini ta’minlaşda soha xodimlarining kasbiy va ma’naviy-axloqiy fazilatlarini yuksaltiriş omillari batafsil yetkazib ötildi. Tadbir yakunida öquv yili davomida özini ijobiy tomondan namoyon etgan, fanlarni özlaştiriş va jamoat tartibini saqlaş tadbirlarida alohida namuna körsatgan bir guruh tinglovçilar Akademiya boşliğining taşakkurnomasi hamda “Liderlar kitobi” risolasi bilan taqdirlandi.   

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech