Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Rahbarlar yoshlar huzurida

2 Iyul 2026, 22:02

149

Yoshlar kuni munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasida ochiq muloqot tashkil qilindi.

Shu kuni o‘quv dargohida malaka oshirayotgan ichki ishlar organlari ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash bo‘linmalari rahbarlari kursantlar bilan uchrashdi. Muloqotda tizimdagi keng qamrovli islohotlar, eshirilayotgan natijalar, yosh kadrlarga qo‘yilayotgan talablar haqida fikr almashildi.

Rahbarlar tizim samaradorligini oshirishning ustuvor  yo‘nalishlarini qayd etgani holda dual ta’lim tizimining muhim ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tishdi. Tizim faoliyati tubdan isloh qilinayotgan hozirgi davrda ta’lim sifatini oshirish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini kuchaytirish, soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, kursantlarning shaxsiy fazilatlarini shakllantirish dolzarb masala ekanligi aytib o‘tildi.

Ayrim yosh xodimlar kasbga ko‘nikishda qiyinchiliklarga duch kelayotgani, o‘qish jarayonida puxta bilim olish barobarida, xizmat intizomi, muloqot madaniyati, psixologik tayyorgarlik, fuqarolar bilan ishlash kabi omillarga alohida yondashish professoinal mahorat oshishiga xizmat qilishi ta’kidlandi. Rahbarlar ko‘p yillik tajribalari misolida kursant yoshlarga amaliy maslahat va tavsiyalar berdilar.

Uchrashuv ochiq muloqot ruhida davom etdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech