Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Qonun ustuvorligining muhim yo‘nalishi

23 May 2025, 08:05

72

Navoiy shahrida ichki ishlar, prokuratura va sud organlari vakillari uchun “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusida o‘quv kursi tashkil qilindi.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashabbusi bilan o‘tkazilgan ikki kunlik o‘quv kursida asosiy e’tibor BMT tavsiyalarini hisobga olgan holda tezkor-qidiruv, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov faoliyatini amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari xodimlarining qiynoqqa solishga qarshi kurashish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratildi.

Mashg‘ulotlar Inson huquqlari milliy markazi direktorining birinchi o‘rinbosari M. Tillaboyev, jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tumani sudi raisi B. Imomov, IIV akademiyasi fakultet boshlig‘i A. Matchonov, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi o‘qituvchisi B. Qodirova va boshqalar tomonidan o‘tkazildi.

O‘quv kursi yakunida test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga sertifikat topshirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech