Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Qizlarga zarur tavsiyalar berildi

10 Sentyabr 2022, 08:09

6925

So‘nggi yillarda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan izchil islohotlar natijasida Ichki ishlar vazirligi akademiyasida ta’lim olishni maqsad qilgan yoshlar safi ko‘payib bormoqda.

O‘quv dargohida kursant qizlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, bu ularning o‘zlari tanlagan mutaxassislik bo‘yicha zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni puxta egallashida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa ta’lim jarayoniga tatbiq qilingan o‘ziga xos yondashuvlar yoshlarning professional salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilayotir.

O‘quv-saf qismi tashabbusi bilan tashkil etilgan galdagi tadbir qizlar ta’lim-tarbiyasiga bag‘ishlandi. Qizlar otryadi ofitserlari va kunduzgi ta’lim bakalavriat yo‘nalishida tahsil olayotgan kursantlar ishtirok etgan tadbirda ichki ishlar organlari faoliyatida ayol xodimalarning o‘rni haqida so‘z bordi.

– Yurtimizda xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi ijtimoiy-siyosiy faolligi tobora yuksalib bormoqda. Bu o‘rinda ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilayotgan xodima ayollarni ham alohida e’tirof etish joiz. Ayniqsa so‘nggi yillarda ichki ishlar organlari faoliyatiga yangi mexanizmlar joriy qilinib, huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlashda xotin-qizlarning ishtiroki kuchaytirildi. Shu ma’noda, sohani yetuk malakali kadrlar bilan ta’minlash, kursant qizlarga zamon talablari darajasida bilim berish tizim faoliyatini takomillashtirishda muhim poydevor bo‘ladi, – dedi O‘quv-saf qismi kurslar boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Maqsuda Xo‘janazarova.

Tadbirda kursantlarning o‘qib-izlanishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, ularni turmushga to‘g‘ri tayyorlash, ma’naviy-axloqiy dunyoqarashi va tibbiy-psixologik bilimlarini mustahkamlash, darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkillashtirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani, yoshlar mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanishi lozimligi ta’kidlandi. Kursantlar ichki ishlar organlari amaliy faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, nazariy bilim va ko‘nikmalarni samarali qo‘llash omillari haqida foydali tavsiyalarga ega bo‘lishdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech