Akademiyaning Davlat-huquqiy fanlar va inson huquqlarini ta’minlash kafedrasi tomonidan binar ma’ruza o‘tkazildi.
IIV Malaka oshirish instituti dotsenti M.Suvonqulov “Huquq tizimi va huquqiy tizim tushunchasi. Qonunchilikni tizimlashtirish” mavzusiga to‘xtaldi. Ichki ishlar organlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyoti holati yuzasidan bildirilgan mulohazalar, sohadagi mavjud muammolar tahlili mashg‘ulot samaradorligini oshirdi. Kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.
***
Sud-huquq tizimidagi yangilanishlarga bag‘ishlangan galdagi mashg‘ulot Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida bo‘lib o‘tdi.
Sayyor mashg‘ulot avvalida kursantlar sud jarayonida qatnashib, sohaga oid amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladilar. Davra suhbatida inson huquq va erkinliklarini kafolatli himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyati tushuntirilib, ichki ishlar organlarining tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov faoliyatini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan takliflar bildirildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati