Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Psixologlar uchun o‘quv kursi tashkil etildi

3 Oktyabr 2026, 18:57

54

Ichki ishlar organlarida sog‘lom muhitni shakllantirish ko‘p jihatdan psixologlarning bilim va kasbiy mahoratiga bog‘liq.

IIV akademiyasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash bo‘linmalari psixologlari uchun navbatdagi o‘quv kursi tashkil etildi. Zamonaviy ish uslublarini amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan o‘quv kursida tinglovchilarning nazariy bilimi bilan birga, amaliy ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘n ikki kunlik o‘quv dasturi asosida tajribali mutaxassislar va akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan “Xodimlar uchun psixologik treninglarni ishlab chiqish va o‘tkazish texnologiyasi”, “Psixodiagnostik ma’lumotlarni kompleks baholash, ziddiyatli ma’lumotlarni tahlil qilish va asoslangan xulosa shakllantirish”, “Fiziologik affekt va boshqa emotsional holatlar ekspertizasi”, “Kasbiy stress va yuqori psixoemotsional zo‘riqishni kamaytirishga qaratilgan psixokorreksion texnologiyalar”, “Xizmat intizomini buzishga moyil xodimlarni o‘zgartirishga qaratilgan korreksion usullar”, “Xodimlarda deviant xulq-atvorning shakllanish sabablari, uning xizmat intizomi va jamoadagi munosabatlarga ta’siri”, “Rahbar shaxsining psixologik xususiyatlari, boshqaruv uslublari va ularning jamoadagi psixologik muhitga ta’siri” mavzularida ma’ruzalar o‘tildi.

Shuningdek tinglovchilar shaxsiy tarkib bilan psixologik konsultatsiya o‘tkazish, muammolarni aniqlash, samarali psixologik ta’sir usullarini ishlab chiqish, fuqarolar bilan samarali muloqot olib borish, konstruktiv o‘zaro munosabat ko‘nikmalarini rivojlantirish, xizmat va shaxslararo nizolarni boshqarish, ziddiyatli vaziyatlarda konstruktiv xulq-atvor ko‘nikmalarini shakllantirish, xizmat faoliyati bilan bog‘liq psixologik muammolarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish va psixologik ish yo‘nalishini belgilash, kasbiy stress, psixoemotsional zo‘riqish va charchoq holatidagi xodimlar bilan ishlash hamda boshqa yo‘nalishlarda amaliy ko‘nikmalarini boyitdilar.

O‘quv kursi yakunida ishtirokchilardan sinov qabul qilinib, ularga sertifikatlar topshirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech