Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Psixologlar malaka oshirmoqda

03 Mart 2025, 05:03

311

Ayni kunlarda ichki ishlar organlarining mutaxassis-psixologlari IIV akademiyasida malaka oshirmoqda.

O‘quv kursi ichki ishlar organlarida psixologik xizmat samaradorligini oshirish, soha xodimlarining kasbiy bilim va mahoratini yuksaltirish, shaxsiy tarkib bilan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy va psixologik ishlarni yanada takomillashtirish va amaliyotga ilg‘or yondashuvlarni joriy qilish maqsadida tashkil qilingan.

Bir oyga mo‘ljallangan o‘quv kursi davomida tinglovchilar dolzarb mavzularga yo‘naltirilgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqda. Mashg‘ulotlar yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ixtisoslashgan markazlarning tajribali mutaxassislari hamda IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilmoqda. 

O‘quv kursiga ichki ishlar organlari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘linmalaridan 47 nafar mutaxassis-psixolog jalb qilingan bo‘lib, yakunda sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga sertifikat topshiriladi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech