Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

PREZIDENT QARORI IJROSIGA BAG‘ISHLANDI

23 May 2025, 06:05

73

IIV akademiyasida “Kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash: muammo va yechimlar” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Manfaatdor vazirlik va idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari ishtirok etgan tadbir Prezidentimizning “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga bag‘ishlandi.

Konferensiya avvalida akademiya boshlig‘i Rustam Xatamov nutq so‘zladi.

Keyingi yillarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikni jilovlash borasida samarali tizim yaratilgani, xalqimizning osoyishta va xavfsiz hayotini ta’minlash, mahallalarni jinoyatdan xoli hududga aylantirishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar ijobiy natija berayotgani, davlatimiz rahbarining qarori tizimdagi islohotlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqqani ta’kidlandi.

– Prezidentimiz qarori yurtimizda kechayotgan islohotlarga daxldor har bir yurtdoshimizning mas’uliyatini oshirishga xizmat qilgani bilan g‘oyat muhim ahamiyat kasb etdi. Qaror bilan ustuvor vazifalar va ularni amalga oshirish mexanizmlari aniq belgilab berildi. Jinoyatchilikni jilovlashga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, mahallalarning kriminogen vaziyatini doimiy ravishda muhokama qilib borish, muammolarni joyida hal qilish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bu esa o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatmoqda, – dedi Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxonov.

Tadbirda, shuningdek, “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi direktori U. Kulanov, Kriminologiya tadqiqot instituti boshlig‘i o‘rinbosari A. Shuhrat, Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i o‘rinbosari Sh. Zulfiqorov, IIV akademiyasi boshlig‘i o‘rinbosari T. Kuchkarov va boshqalar so‘zga chiqdi.

Mahallalarda huquqbuzarliklarning asl omillarini o‘rganish va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, amaliyotga tatbiq qilingan yangicha yondashuv va tajribalar, o‘tgan davr mobaynida erishilgan natijalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

Konferensiya yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish orqali mahallalarda obod va xavfsiz muhitni qaror toptirishga, jamiyat farovonligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlab o‘tildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech