Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

PREMYERA: “ÇÖLPON. QUŞ ESDALIGI” KATTA EKRANGA ÇIQDI

4 Noyabr 2021, 17:53

2206

Tadbirda taniqli kino arboblari, film ijodkorlari, Içki işlar vazirligi akademiyasi hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.

Premyeradan oldin IIV Akademiyasi boşliği Rustam Xatamov,  Respublika Kinematografiya agentligi boş direktori örinbosari Şuhrat Rizayev, senariy muallifi Nabi Jaloliddin, rejissyor Husan Raşidovlar sözga çiqib, Abdulhamid Çölponning ibratli hayoti, kelgusi avlodlar uçun qoldirgan boy ma’naviy merosi, hujjatli filmning yaratiliş jarayoni haqida töxtalib ötdilar. Kursant yoşlar tomonidan Çölpon ijodidan şe’riy parçalar ijro etildi.

– Çölpon şaxsini anglaş, ijodining çeksiz qudratini çuqur his etiş uçun, avvalo, u yaşab ötgan davrni hisobga oliş zarur. Uning iste’dodli şoir sifatida şakllanişida jadidçilik ğoyalarining ta’siri kuçli böldi. Zabardast şoir milliy uyğoniş tarixining öziga xos manzaralarini yorqin va haqqoniy yoritib bergan edi, – dedi R.Xatamov.

  Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida “Media Illusion” studiyasi va IIV Akademiyasi hamkorligida suratga olingan kartina adib hayotining murakkab yillari haqida hikoya qiladi. Film boşlanişida bir uyum kitoblarning ötda yoqilişi aks etgan lavha bor. Bölğusi adibning ulğayiş yillari millat ma’naviyatiga qarşi ayovsiz kuraş boşlangan tahlikali davrga töğri keladi. Mustabid tuzumning xalqimiz boşiga solgan azobu uqubatlari millatparvar şoir dunyoqaraşida keskin buriliş yasaydi. U jadidçilik harakatining yetuk namoyandasi sifatida şörolar siyosatining jirkanç oqibatlariga qarşi ayovsiz kuraşadi. Asar qahramonining fojiali taqdiri Turkiston ölkasida röy bergan ziddiyatli voqealar asnosida rivojlanadi. Kartina ijodkorlari Çölponning içki keçinmalari, otaşin tuğyonlari yorqin böyoqlar bilan tasvirlagani e’tiborga molik.

– Ma’rifatparvar bobolarimizni qança xotirlasak ham, ular oldidagi ma’naviy qarzimizni uzolmaymiz, – deydi adabiyotşunos olim Şuhrat Rizaev.  – Muhtaram Prezidentimiz 2020-yilning 20-may kuni Adiblar xiyoboniga taşriflari çoğida: “Adabiyot – xalqning yuragi, elning ma’naviyatini körsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yöl topiş, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirişda adabiyotning ta’sirçan kuçidan foydalaniş kerak”, degan edilar. Qarangki, uşbu ezgu taşabbus ma’naviy hayotimizga yangiça mazmun-mohiyat kasb etib, “Xalq yuragi” turkumi ostida buyuk adiblarimiz hayoti va ijodiga bağişlangan filmlar dunyoga keldi.

Yangi filmning yorqin taassurotlarga boyligi tadqimotda iştirok etgan taniqli ijodkorlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, muxlislar tomonidan alohida e’tirof etildi.    

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech