Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Poytaxtimizning betakror durdonasi

16 Aprel 2026, 23:06

43

IIV akademiyasining bir guruh yosh xodimlari va kursantlari Islom sivilizatsiyasi markazini tomosha qildilar.

Tabarruk go‘shaga sayohat yoshlarga nainki ma’rifat ulashdi, balki qadim va boy tariximiz bilan haqli ravishda faxrlanish hissini uyg‘otdi.

Markazdan o‘rin olgan noyob durdonalar yurtimizning qadim tamaddun beshigi sifatida jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini namoyon etadi. Ular bilan tanishar ekansiz, o‘tmish va zamon tutashgan chorrahada Yangi Uyg‘onish – Uchinchi Renessans davriga qadam qo‘ygandek tasavvur paydo bo‘ladi kishida.

Taassurotlarga boy o‘tgan tadbir davomida akademiya yoshlari tariximizning sirru sinoatlarga boy sahifalari haqida qimmatli ma’lumotlar oldilar. Shu ma’noda, ushbu maskan hali ko‘p asarlar yoshlarimizni ilmga, tafakkurga, vatanparvarlikka va milliy g‘ururga chorlaydigan, ularni boy tariximiz va bebaho ma’naviy merosimiz ruhida tarbiyalaydigan ulug‘ dargoh bo‘lib xizmat qiladi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech