Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Poytaxtimizda “Men G‘olib Run” marafoni o‘tkazildi

22 Yanvar 2026, 16:50

89

Ommaviy yugurish musobaqasi Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil qilindi.

Unda harbiylar, huquqni muhoqaza qiluvchi organlar xodimlari, ixtisoslashgan ta’lim muassasalari kursantlari bilan birga, sportga qiziquvchi minglab yurtdoshlarimiz qatnashdi.

Marafon ishtirokchilari 3 va 10 kilometrlik masofalarda o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rdilar. Musobaqa aholi orasida sog‘lom turmush tarzi va vatanparvarlikni targ‘ib qiluvchi ommaviy tadbirga aylandi.

Qiziqarli ruhda o‘tgan musobaqada IIV akademiyasi vakillari ham munosib ishtirok etishdi. Ayniqsa kursant qizlarimiz 10 kilometrga yugurish bo‘yicha yakkalik va jamoaviy bahslarda eng yaxshi natijani qayd etib, turdosh oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech