Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Poligonda “Zakovat” o‘tkazildi

1 Sentyabr 2026, 23:08

59

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan IIV O‘quv-dala markazida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Yoshlarning bilim va intellektual salohiyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan bellashuvda IIV akademiyasining 1-o‘quv kursi kursantlaridan iborat jamoalar qatnashdi.

Bilimlar bahsida adabiyot, tarix, huquq va boshqa yo‘nalishlarga oid 24 ta savol o‘ynaldi. Qizg‘in kechgan bellashuv yakunida “Jadid” jamoasi birinchi, qizlarning “Zukkolar” jamoasi ikkinchi, “Vatanparvar” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech