Ochiqlik, tezkorlik va xolislik

Yangiliklar

Penitensiar tizimda ta’lim olish masalalari

29 Mart 2025, 06:03

119

IIV akademiyasida mahkumlarni ta’limga jalb etishni takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Amaliyotchi xodimlar, professor-o‘qituvchilar va kursantlar ishtirok etgan anjuman jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning ta’lim olish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida tashkil qilindi.

Konferensiya doirasida jazoni ijro etish tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, mahkumlar huquqlari va qonuniy manfaatlarning konstitutsiyaviy asoslari, ozodlikdan mahrum etilgan voyaga yetmaganlarning o‘rta va kasb-hunar ta’lim tizimini takomillashtirish, probatsiya nazoratidagi shaxslarni jamiyatning ijtimoiy normalariga moslashtirish, mahkumlarning ta’lim olish huquqlarini ta’minlash yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.

Soha vakillari mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar bilan birga, tizim oldida turgan dolzarb vazifalarga ham to‘xtalib o‘tdilar. Ilg‘or tajribalar e’tirof qilinib, mahkumlarni ta’limga jalb etish imkoniyatlarini kengaytirish, masofaviy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu