Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

PEKINDA XALQARO ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI

15 Sentyabr 2021, 03:09

843

13-15 sentyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida Politsiya taʼlimi sohasida hamkorlik xalqaro forumi (IFPEC)ning XII yig‘ilishi hamda “Global pandemiya sharoitida politsiya faoliyatini tashkil etishning dolzarb masalalari” mavzuida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. 

Pandemiya munosabati bilan onlayn tarzda tashkil etilgan forumda dunyoning o‘ttizga yaqin mamlakatlaridan mutaxassislar, xalqaro ekspertlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilari va kursantlari ishtirok etdi.

Xalqaro forumni XXR Jamoat xavfsizligi universiteti Prezidenti Sao Shitsyuan kirish so‘zi bilan ochib, geosiyosiy o‘zgarishlar davrida jahonning ayrim mintaqalarida yuzaga kelayotgan global tahdidlar, xususan, terrorizm, ekstremizm, transmilliy jinoyatlar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik xatarlarga qarshi kuch va imkoniyatlarni birlashtirish, o‘zaro teng va ishonchli hamkorlikni kengaytirish, politsiya taʼlimini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashinuvini yanada mustahkamlash masalalariga to‘xtaldi. 

Аnjumanda forumga aʼzoga mamlakatlar vakillari, jumladan, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari ham o‘z maʼruzalari ishtirok etishdi. Pandemiya sharoitida politsiya faoliyatini tashkil etish, jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlash, bu borada xalqaro tajribaning ilg‘or jihatlarini ommalashtirish, taʼlim sohasiga innovatsion metod va texnologiyalarni tatbiq etish kabi bir qator muhim masalalar muhokama markazida bo‘ldi. 

Pandemiya davrida aholi salomatligini muhofaza qilish, hududlarda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va xavfsizlikni taʼminlash, taʼlim jarayonini samarali tashkil etish borasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar forum ishtirokchilarida alohida qiziqish uyg‘otdi.

IIV Аkademiyasining Аxborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech