Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

O‘quv yili yangi orzu-umidlar bilan boshlandi

05 Sentyabr 2022, 07:09

1749

Yurtimizdagi barcha ta’lim muassasalarida bo‘lgani kabi poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 121-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham yangi o‘quv yili tantana bilan qarshi olindi.

Tuman faollari, xalq ta’limi bo‘limi mutasaddilari, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi vakillari, maktab o‘qituvchi-murabbiylari va o‘quvchilar ishtirok etgan tadbirda so‘z olganlar yosh avlod ta’lim-tarbiyasi yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Shahnoza Moyliyevaning ta’kidlashicha, yangi o‘quv yiliga qizg‘in hozirlik ko‘rildi. O‘quv binolari va sinfxonalar joriy ta’mirdan chiqarilib, shinam tarzda jihozlandi. Yoshlarning zamonaviy sharoitda ta’lim-tarbiya olishi va darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun qulay imkoniyatlar yaratildi.

Aytish joizki, yangi o‘quv yilida maktabning birinchi sinfiga 128 nafar o‘quvchi qabul qilindi. “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolaridan so‘ng o‘quvchilar ko‘rkam sinfxonalar tomon yo‘l oldilar. Jajji bolajonlarga 12 turdagi o‘quv qurollaridan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi.

Ilk mashg‘ulot “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida “Mustaqillik darsi”ga bag‘ishlandi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech