3–8-noyabr kunlari IIV akademiyasida içki işlar organlari mas’ul rahbarlari uçun qisqa muddatli öquv yiğini taşkil qilindi.
Maşğulotlarga hududlardan Jamoat xavfsizligi xizmati boşliqlari, şuningdek Ma’naviy-ma’rifiy işlar bölimi, Tergov va suriştiruv faoliyatini taşkil etiş bölimi boşliqlari jalb etildi.
Tinglovçilar sohaviy xizmatlar faoliyatini samarali taşkil qiliş, jumladan, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlaş, kriminogen vaziyatni barqaror saqlaş, favqulodda holatlarda kuç va vositalarni boşqariş, maxsus operatsiyalarni ötkaziş, uçuvçisiz qurilma (dron)larni qöllaş, tergovga qadar tekşiruv, suriştiruv va dastlabki tergovda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga rioya qiliş, kadrlar bilan işlaş, ma’naviy-ma’rifiy işlar samaradorligini oşiriş, uzluksiz öquv karyera tizimini samarali yölga qöyiş, xodimlarning xizmat, jangovar-jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarligini ta’minlaş, şaxsiy tarkib örtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlaş, ijtimoiy-huquqiy himoyani amalga oşiriş, şuningdek, zamonaviy axborot tizimlaridan foydalaniş, OAV bilan bilan samarali hamkorlik qiliş hamda boşqa dolzarb yönalişlarda bilim va könikmalarini oşirdilar.
Bundan taşqari, sohadagi keng qamrovli islohotlar, tizim faoliyatiga taalluqli ayrim normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati yetkazilib, Maxsus tayyorgarlik öquv markazi hamda Toşkent şahar IIBB Yagona boşqaruv markazida sayyor maşğulotlar taşkil etildi.
Içki işlar vazirligi vakillari va akademiya professor-öqituvçilari tomonidan ötkazilgan maşğulotlar yakunida tinglovçilardan sinov imtihonlari qabul qilindi. Şuningdek öquv yiğini iştirokçilari ta’lim muassasasi faoliyati bilan tanişdilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati